Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI AMALDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
янв.21
“Tinchlik” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi ish tizimi nazoratda: "Eskishahar"da faoliyat samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalaridan:
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Majnuntol mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
Elektr ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyalari, doimiy komissiyalarga biriktirilgan vakillar hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Muqimov va G.Mahammadieva hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayevlar ishtirokida tumanda elektr ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan elektr uzatish liniyalari va transformator punktlarini ta’mirlash hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✍️Shuningdek, xalq deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida yuborilgan deputat so‘rovlarining ijrosi, ularning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda berilgan topshiriqlarning bajarilish holati o‘rganildi. Shu bilan birga, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosi, xususan, elektr ta’minoti va aholi uchun qulay infratuzilma yaratishga qaratilgan qarorlar ijrosining amaldagi holati yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

⚡️ Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuni ijrosi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.

✅Mazkur Qonunga muvofiq energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya sarfini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, davlat organlari, tashkilotlar va aholi o‘rtasida energiya tejash madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📍O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda deputat so‘rovlari va Kengash qarorlarining ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.

✔️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan tuman infratuzilmasini rivojlantirish, aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash hamda amaldagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7