Новости

Последние новости

янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI AMALDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
Saylovchilar bilan muloqot va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 21-Po‘loti saylov okrugidan saylangan deputat Q.Safarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorlikda “So‘robod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
✔️Uchrashuv davomida aholi murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✔️O‘rganishlar jarayonida mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va imtiyozli kreditlardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlar tashkil etilganligi, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilayotganligi o‘rganildi.
✔️Shu bilan birga, xonadonbay o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5