Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI AMALDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Hujjatlardan amaliyotga: Mas'ullar hududga chiqib, aholi bilan muloqot qildilar!
янв.21
“Tinchlik” mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi ish tizimi nazoratda: "Eskishahar"da faoliyat samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalaridan:
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Majnuntol mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
Fuqaro murojaati ijrosi yuzasidan tushuntirish berildi

Fuqaro murojaati ijrosi yuzasidan tushuntirish berildi


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Navoiy shahri “Bahor” MFY, Islom Karimov ko‘chasi, 80-uyda joylashgan “Sanjarbek” savdo korxonasi rahbari Yu.X. Musayevaning murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan vakolatli tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilib, natijalari sessiya muhokamasiga kiritildi. O‘rganish jarayonida murojaat muallifiga amaldagi qonunchilik talablari hamda qabul qilingan xulosalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur hududda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash uchun qonunchilikda belgilangan huquqiy asoslar mavjud emasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan murojaatda bayon etilgan talabni qanoatlantirish imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilindi.

Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qonunchilik talablari asosida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2