Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati F.Homidov “Guliston” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan xonadonlardagi ishlar jarayoni bilan tanishdilar. Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga borildi.
💬 Mazkur tashrif xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
💬 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🟢Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifat darajasi;
🟢Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
🟢Ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
🟢Xonadon egalarining fikr va mulohazalari.
🫥Aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarning har bir xonadonga adolatli va manzilli yetib borishini ta’minlashdir.