Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquq va vakolatlari
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Guliston” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Guliston” mahallasida kengash qarori ijrosi: Fuqaro Z.Abdusalomova xonadonidagi ta’mirlash ishlari sifati nazorat qilindi
янв.21
“Guliston” mahallasida ta’mirlangan xonadon nazoratda: Deputatlar fuqaro R.Panjiyevning uyidagi qurilish ishlari sifatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Guliston” mahallasida "yettilik" tizimi nazoratda: PF-209-sonli farmon va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalish”i ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Temir yo‘l yoqasidagi mahallalarda obodonlashtirish ishlari nazoratda: Deputatlar joylarda tahlil olib borishdi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasi: deputatlar nazorati davom etmoqda
янв.21
Jarqo'rg'on tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda tuman, shahar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
янв.21
“Farhod” mahallasida kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

🏛 Kosonsoy tuman Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalari muhokama qilindi;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yildagi PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni muvofiq “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘rganishlari to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi A.Shamshiddinov tomonidan 2026 yil 1-chorakda ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish bo‘yicha qarori to‘g‘risida va Kosonsoy tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 2025-2026 yil o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar 11-sinf biturchilari oliy o‘quv yurtlari kiritish va bandligi ta’minlash, yozgi ta’til o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xolati to‘g‘risida
🔺 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 Namangan viloyat Kosonsoy tumanida joylashgan 44-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabni qo‘shma turdagi maktab ta’lim tashkiloti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida.;

🔺 Kosonsoy tumanida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ochiq byudjet elektron portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 2024-yil 6-dekabrdagi “Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-2-08-6-80-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

🌐Bahs va munozaralar bilan o‘tgan sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 18