Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
🏗 Jumladan:
▪️ maktab binosini ta’mirlash
▪️ qo‘shimcha o‘quv binosi qurish
▪️ zamonaviy sport zal barpo etish ishlari joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.
📊 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.
🗣 Shuningdek, ta’lim muassasasida zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, o‘quvchilar uchun qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.