Jumladan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normurodova, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov va shahar deputati S.Xodjayeva o‘z saylov okrugidagi "Do‘stlik" mahallasida joylashgan Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
💬 O‘rganishlar davomida kutubxonada o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa jarayonlarini samarali tashkil etish, yoshlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, kutubxona xodimlarining faoliyati, muassasada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning mazmuni va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Mazkur faoliyat “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, PQ-4354-son qaror hamda PF-5712-son Farmon talablari asosida tashkil etilgani qayd etildi.
✔️Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar bilan uyg‘un ekanligi ta’kidlandi.
🔅 O‘rganish natijalariga ko‘ra:
— kutubxona faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
— yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rag‘batlantirish bo‘yicha innovasion loyihalarni amalga oshirish;
— ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
📌 Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganishlar aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.