Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda bosh mutaxassis A.Temirov “Ma’rifat” mahallasida bo‘ldilar.
💬 Deputatlar hududdagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2026-yilgi Investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan qo‘shimcha 600 o‘rinli yangi o‘quv binosining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
🔅O‘rganish markazida:
✔️Qurilish ishlarining sifati va belgilangan standartlarga mosligi;
✔️Loyihaning muddatida yakunlanishi uchun jalb etilgan ishchi kuchi va texnikalar holati;
✔️Qurilish materiallarining sifati va xavfsizlik choralari.
🫥Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi natijasida maktabda o‘quvchi o‘rni taqchilligi muammosi hal etiladi va mahalla yoshlari uchun zamonaviy sharoitlarda bilim olish imkoniyati yaratiladi.
💬"Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi uchun poydevorni bugun mustahkam qurishimiz shart. 600 o‘rinli yangi bino — bu kelajakka tikilgan eng muhim sarmoyadir," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normurodova.