#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_muhim_masala
#162_ta_qonun_ijrosi
KO‘P QAVATLI UYLARDA ISTIQOMAT QILUVCHI FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Jumaboyev Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi bilan birgalikda Olmazor mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Fuqarolar murojaatlarining yechimini topish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.