🏢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda “UzTeks” qo‘shma korxonasi vakillari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
💬 Uchrashuv davomida korxona faoliyati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mehnat jamoasini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
👥 Shuningdek, deputat va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Uchrashuv yakunida aholi va mehnat jamoasi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish hamda ularni hal etishda o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.