📍 Mavzu: 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining isitish tizimi oʻrganildi
📅 Murojaat sanasi: 2026-yil 5-oktabr
🏢 Kengash: Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
👤 DEPUTAT VA MUROJAAT MA'LUMOTLARI
🎗 Deputat: Dushamov Elyor Shuxrat oʻgʻli
🗳 Saylov okrugi: 17-Chigʻatoy qalʼa
📨 Murojaat: Shovot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Q. Babajonovga
🚨 MUAMMO
🏫 Shovot tumani Navroʻz mahallasidagi 22-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi sinfxonalaridagi isitish tizimi kuz-qish mavsumiga tayyor emasligi aniqlangan.
🛠 TALAB
🔥 Isitish tizimini joyiga chiqqan holda oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumiga toʻliq tayyorlash.
🎯 MAQSAD
🌡 Oʻquvchilar uchun zarur issiqlik sharoitini yaratish, qulay va xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlash hamda oʻquv jarayonining uzluksizligini taʼminlash.
✨ NATIJA
🎓 Maktab oʻquvchilari uchun qulay va xavfsiz taʼlim sharoitlari yaratiladi.