Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati D. Musayeva tomonidan 272-sonli umumta’lim maktabida “Ochiq budjet” portali orqali g‘olib deb topilgan loyiha ijrosi o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida maktab binosining tom qismini hamda hojatxona va oqova suv tarmoqlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Loyihani amalga oshirish uchun
1 mlrd 635 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
📌Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va jamoatchilik fikri asosida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari belgilangan.
👨🏫Deputat tomonidan loyiha doirasidagi ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilishi ta’kidlandi.