🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasi raisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda mahalladagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning ijtimoiy holatini o‘rgandilar.
🏠 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy sharoiti, mavjud muammolari va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makdan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tartibda hal etish hamda oilaga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.