Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🏛 KENGASH SESSIYALARI — MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI MAYDONI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK SOʻROVI
янв.21
👥 ARBОB MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA HAMKOR TASHKILOT: HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI ⚙️ KOTIBIYATNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
янв.21
🏘ARBОB MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 📊 MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBASIDAN MABLAG‘ AJRATISH TO‘G‘RISIDAGI QARORLAR MONITORINGI
YUNUSOBOD TUMANI DEPUTATI ISHTIROKIDA “EUROBIRDWATCH” XALQARO EKOLOGIK AKSIYASI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati O.R. Kashkarov “Green University” rahbariyati va talabalari bilan hamkorlikda Tuyabug‘uz suv omborida “EuroBirdwatch” — qushlarni kuzatish bo‘yicha Butunjahon kuzgi aksiyasini tashkil etdi.

🌿Tadbir davomida deputat va ornitolog O.R. Kashkarov Tuyabug‘uz suv omborining janubi-sharqiy qismida mavsumiy migratsiya va qishlash davrida to‘planadigan minglab qushlarni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hudud — buyurtmaxona tashkil etish zarurligini ilgari surdi.

📌Qonunchilikka muvofiq, yovvoyi qushlarni muhofaza qilishda ularning tabiiy yashash muhiti, ko‘payish va migratsiya yo‘llarini saqlash alohida ahamiyatga ega. Shu bois, Tuyabug‘uz suv omborida qushlarning mavsumiy migratsiyasi va qishlash davrida ularni muhofaza qilish uchun maxsus muhofaza etiladigan hudud tashkil etish tashabbusi muhim ahamiyat kasb etadi.

🌱 Mazkur tashabbus qushlarning tabiiy yashash muhitini asrash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, migratsiya yo‘llarini saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2