35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
AHOLI MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevga o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi Qo‘shtegirmon-1 mahalla fuqarolar yig‘inining Uzun ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilib, Qo‘shtegirmon arig‘ining suv taqsimlash inshootiga suv darvozasi (zatvor) o‘rnatildi.

Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida Qo‘shtegirmon-1, Nurafshon va Qo‘shtegirmon-2 mahalla fuqarolar yig‘inlarining Farobiy, Uzun, Obod, Soy sohili ko‘chalari hamda Dehqon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq xonadonning tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv ta’minoti yaxshilandi.

Mazkur murojaat ijrosi va amalga oshirilgan ishlarning holati Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Slide 1 of 4