35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
BSK FAOLIYATI VA KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

BSK FAOLIYATI VA KO‘P QAVATLI UYLARDA XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 21-Tinchlikobod saylov okrugidagi Farhod mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Fayzli mahalla” BSK faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📇 Bugungi kunda mazkur BSK 31 ta ko‘p qavatli uy, 2 172 ta xonadon, 144 ta kirish yo‘lagi va 12 ta liftga xizmat ko‘rsatib, jami 6 828 nafar fuqaroning yashash sharoitiga mas’ul hisoblanadi. Hududda obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish ishlariga 20 nafardan ziyod xodim jalb etilgan bo‘lib, BSK tasarrufida 4 ta texnika hamda zarur santexnika va boshqa jihozlar mavjud.

💼 O‘rganish jarayonida tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Umidbek Abilov, mahalla raisi va BSK mas’ullari tomonidan hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi.

📁 Asosiy e’tibor Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning pod’yezdlari va yerto‘lalari, atrof hududlarning tozaligi va yoritilishi, shuningdek, liftlarning ishlash holatiga qaratildi.

📝 O‘rganish natijalari asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

⚙️ Deputatlik o‘rganishlarining bunday tizimli tashkil etilishi BSKlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarning obodligini ta’minlash hamda aholining murojaatlarini joyida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3