35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala — Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevichning 2026-yil yanvar-avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti bo‘yicha o‘rganish olib borildi.
⚖️ O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-son qarori asosida amalga oshirildi.
👥 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich, Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
📊 Murojaatlar bilan ishlash holati
📌 2026-yilning yanvar-avgust oylarida Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filialiga jami 124 ta murojaat kelib tushgan.
✅ 86 ta murojaat qanoatlantirilgan;
📚 17 ta murojaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan;
💬 12 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan;
⏳ 9 ta murojaat o‘rganish jarayonida ekani aniqlandi.
🏢 Jami murojaatlarning 20 tasi yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan bo‘lib, shundan 12 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 4 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan va 1 tasi jarayonda ekani qayd etildi.
🔎 Murojaatlarning asosiy qismi chegara hududlariga aniqlik kiritish, ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma’lumot olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda boshqa masalalar bilan bog‘liq.
📝 O‘rganish davomida murojaatlarning har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilishi, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📨 Shuningdek, murojaatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, taalluqliligi bo‘yicha tegishli organlarga o‘z vaqtida yuborish va murojaat mualliflarini bu haqda xabardor qilish holatiga ham e’tibor qaratildi.
📢 Kelib tushayotgan murojaatlarni muntazam tahlil qilish hamda murojaatlar ko‘p kelib tushayotgan hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
🤝 Fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash — ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir!

Slide 1 of 2