35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Bog‘iston” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_okrugida

“Bog‘iston” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-“Bog‘iston” saylov okrugidan saylangan deputat U.Xo‘shboqov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar ajratilishida ko‘maklashish hamda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish, aholi bandligini ta’minlash hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning ijrosini ta’minlash yo‘nalishlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyatida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2