35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Yangiobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Yangiobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-“Yangiobod” saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva hududidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov mahalla yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik yo‘nalishlari asosida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Qarorda deputat va “mahalla yettiligi” tomonidan rejada belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirish belgilangan.

Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyati doirasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar ajratilishiga ko‘maklashish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Yoshlar yetakchisi faoliyati bo‘yicha esa “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ishga joylashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud masalalarni aniqlash, ularni tegishli tartibda hal etish hamda deputat va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3