35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 40-MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN XONA TASHKIL ETISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati To‘xtoshev Abror Safarali o‘g‘li tomonidan Sherobod tumanining Oyinli MFY hududida joylashgan 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’limga mo‘ljallangan xona tashkil etish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur xona uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun zarur qulayliklar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar qayd etilib, tegishli masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5