35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Hamkorlik — inson huquqlari va qonuniy manfaatlar yo‘lida

Hamkorlik — inson huquqlari va qonuniy manfaatlar yo‘lida

✅ Navoiy shahrida muhim hamkorlikka asos solindi
«MADAD» muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

🤝 Mazkur Memorandumning asosiy maqsadi — fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning murojaatlari bilan ishlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish.

⚖️ Hamkorlikning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrdagi «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘RQ-376-son Qonuni muhim ahamiyatga ega.
Mazkur Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy sheriklik davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hamkorlikni anglatadi.

📌 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi O‘RQ-474-son Qonuni ham bunday hamkorlik uchun muhim huquqiy asos hisoblanadi.
Ushbu huquqiy normalardan kelib chiqib, tomonlarning hamkorligi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

💬 Eng muhimi, mazkur Memorandum qog‘ozdagi kelishuv emas, balki fuqarolarning muammolarini tinglash, ularning huquq va manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilishga qaratilgan amaliy hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

🌱 Inson qadri, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash — davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining mushtarak vazifasidir.

Slide 1 of 5