35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Kotib

Toshkent shahar IIBB YHXB hamda Adolat SDP Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” aksiyasi doirasida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida soha mas’ullari tomonidan xavfsiz harakatlanishni ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr va mulohazalar ilgari surildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyat mudiri, Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov ham ishtirok etib, piyodalar o‘tish joylarini uzoq muddatgacha rangini yo‘qotmaydigan sifatli bo‘yoqlar bilan belgilash yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, ishtirokchilar “Yo‘l madaniyati-xavfsiz hayot kafolati” shiori ostidagi targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish, aholining huquqiy va yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish hamda yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash barchamizning umumiy vazifamiz ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Slide 1 of 3