35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#qonun ijrosi #sessiya oldi o'rganish #muhokama

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning shahardagi ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarining hisobotini eshitish hamda atroflicha muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ushbu muhim sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan ta'lim muassasalari faoliyatini atroflicha o‘rganish va tahlil qilish maqsadida, mas’ul komissiya a’zolari hamda deputatlar tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Usmon Nosir mahallasi hududida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi. Ishchi guruh tomonidan quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: Sinf xonalarining jihozlanishi, darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari;
Ta’lim sifati va samaradorligi: Pedagok kadrlar salohiyati, zamonaviy metallik va AKT texnologiyalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi;
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Muassasaning issiqlik tizimi holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish va qishki mavsumni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilgan choralar.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, mavjud yutuqlar bilan birga hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham qayd etilib, tegishli ma’lumotlar doimiy komissiya muhokamasiga va sessiya ko‘rib chiqishiga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 5