35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat Yusupova Feruza Shuxratovna, Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O.Akimovalar tomonidan 8-Shovot saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o'rganildi.
Jumladan, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-sonli qarorining 6-ilovasi asosida Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan manzilli dastur ijrosi ko'zdan kechirildi.
O'rganish jarayonida Shovot mahallasining Hunarmand, Navoiy va Ma'rifat ko'chalarida umumiy 1,1 kilometr masofada olib borilayotgan asfaltlash ishlari, shuningdek, mazkur loyihaga davlat budjetidan ajratilgan mablag'larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan monitoring o'tkazildi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, ichki yo'llar sifatini yaxshilash hamda mahallalarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3