Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.
Deputat o‘z faoliyatida qishloq xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi muhim qonunlar ijrosini o‘rganish, ularning amaliyotdagi samaradorligini oshirish hamda fermer va dehqonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari, nazorat inspeksiyasi, o‘simliklarni himoya qilish agentligi hamda yo‘l xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Maqsad – qishloq xo‘jaligi rivoji, ekologik barqarorlikni ta'minlash va aholi farovonligini yanada yuksaltirish.