35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev kunlik ish rejasiga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardonov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Qurbanov Baxtiyor saylangan 3-"Taskent" saylov okrugiga qarashli "Mustaqillik" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil etilib, mahallada faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi"ning ish samaradorligi, aholi muammolarini hal etishdagi ishtiroki hamda belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Nazorat tadbiri davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi faoliyatiga qaratildi. Jumladan, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalarning bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi bir qator xonadonlarga tashrif buyurilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, tomorqadan samarali foydalanayotgan oilalar hamda ish bilan ta’minlangan aholi vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaat, taklif va tashabbuslari deputat tomonidan tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda nazoratga olinadigan masalalar belgilab olindi.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyati davomida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi bandligini yanada oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan deputat tomonidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3