35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi J.Mamutov tomonidan tuman tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda asosiy o‘rin tutadigan tez yordam avtomobillarining texnik holati, ularning saqlanishi, xizmat ko‘rsatishga tayyorlik darajasi hamda haydovchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Tez tibbiy yordam xizmati aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. 

Aholiga sifatli, uzluksiz va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, soha xodimlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, bu boradagi deputatlik nazorati va amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3