35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Lutfiy mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 16-iyul kuni Chilonzor tumanining Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna hamda Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.A. To‘laganova ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy munosabatlar, uy-joy bilan bog‘liq masalalar, moddiy yordam ajratish, tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim sohasi hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda masalalarni hal etish yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va idoralararo hamkorlikni talab etuvchi murojaatlar belgilangan tartibda mas’ul tashkilotlar ishtirokida nazoratga olinib, ularning o‘z vaqtida, sifatli va qonunchilik talablariga muvofiq ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tizimli ravishda bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6