35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ–4197-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi M.Abduraxmanov taqdim etdi.

Axborotda 2026-yilning ikkinchi choragi davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari, murojaatlarning tahlili, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati hamda hududdagi tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari, mahallalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlar, murojaatlarni nazoratga olish, sayyor qabullarni tashkil etish hamda muammolarni joyida hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar muhokama qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ijro intizomini kuchaytirish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan axborot yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3