35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
24 TAVSIYA IJROSI AMALDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxzuna Hakimova tomonidan "Obod" MFYda navbatdagi sayyor o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholi tomonidan hududdagi ichki ko‘chalarning aksariyati asfaltlangan bo‘lsa-da, Bekguzar va Akrobod ko‘chalarida asfaltlash ishlari amalga oshirilmagani hamda ushbu masalada amaliy yordam zarurligi bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha esa aholi vakillariga qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4