35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Uchtepa tumanidagi bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish masalasi deputatlik so‘rovi orqali nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Uchtepa tumani “Chamanzor” mahallasi, Uchtepa ko‘chasi 90-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasining holati yuzasidan avval yuborilgan murojaat va unga berilgan rasmiy javob ijrosini nazorat qilish maqsadida tayyorlandi.

🔎 Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumani hokimligining 2026-yil 11-fevraldagi 131-ds-424-25-sonli javob xatida mazkur bolalar maydonchasini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy va xavfsiz o‘yin elementlari bilan jihozlash ishlari 2026-yil Davlat dasturiga kiritilishi orqali amalga oshirilishi bildirilgan.

📝 Mazkur masala mahalla aholisining, ayniqsa bolalarning xavfsizligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Shu munosabat bilan deputat Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanovdan:

🔺 mazkur bolalar maydonchasini rekonstruksiya qilish loyihasi 2026-yil Davlat dasturiga kiritilgan yoki kiritilmaganligi;

🔺 loyiha dasturga kiritilgan bo‘lsa, amalga oshirish muddatlari, ishlarning boshlanish va yakunlanish sanalari hamda mas’ul ijrochi tashkilotlar;

🔺 obyektni ta’mirlash va zamonaviy o‘yin elementlari bilan jihozlash bo‘yicha bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarga oid asoslantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish so‘raldi.

⏳ Deputatlik so‘rovida ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.

🗣 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1