35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi

  Deputat o‘z saylov okrugidagi saylovchilar bilan aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida
ochiq muloqot o‘tkazdi. Ya’ni toza ichimlik suvi tarmog‘i va eskirgan elektr simyog‘ochlarini yangilash, suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash, shuningdek ichki yo‘llarning shag‘al yotqizilgan qismini asfaltlash, ta’mirtalab ko‘chalarni tartibga keltirish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini hal etish, mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish kabi masalalar muhokamalar markazidan o‘rin oldi.
 

Uchrashuv davomida deputat fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tingladi. Hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga
olinib, tegishli tashkilotlar hamkorligida hal qilish choralari ko‘rilishini bildirdi.
 

📌 Qumariq mahallasida jigar serrozi bilan kasallangan bemorga yordam ko‘rsatish - jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun ketadigan xarajatlarni mahalla faollari, nuroniylar hamda tadbirkorlar bilan homiylar yordamida amalga oshirilishi kelishib olindi. 

🔹 Mahallalardagi bunday ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlab, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi, albatta. 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1