Новости

Последние новости

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining tuman tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha tayyorlangan axborot atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari norma ijodkorligi jarayonida qonunchilik talablariga rioya etilishi, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, qonunchilik hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalani Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish ma’qullandi

Slide 1 of 2