Новости

Последние новости

📌 DEPUTAT SO‘ROVI

👩‍💼 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
Babajanova Manzura Nuriddinovna
⚡️ "Oq oltin" mahallasida elektr ta’minoti o‘rganildi
🔎 Deputat tomonidan saylovchilar murojaatlari hamda mahallada olib borilgan o‘rganishlar davomida elektr ta’minoti bilan bog‘liq qator muammolar aniqlandi.
❗️ Aniqlangan muammolar:
🔸 Elektr tarmoqlari va transformator quvvati yetarli emas.
🔸 Elektr energiyasi iste’moli yuqori bo‘lgan vaqtlarda kuchlanish keskin pasaymoqda.
🔸 Elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
🔸 Mazkur holat aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
📈 Muammoning asosiy sabablari:
👨‍👩‍👧‍👦 Aholi sonining ortib borayotgani.
🏘 Yangi uy-joylarning foydalanishga topshirilishi.
⚡️ Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning yildan-yilga oshib borayotgani.
✅ Deputat taklifi:
🔋 "Oq oltin" mahallasi hududiga quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punktini o‘rnatish yuzasidan Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I. Qalandarov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📨 So‘rov talabi:
🕒 Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘rovi yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi so‘raldi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Fuqarolar manfaatlari – ustuvor vazifamiz!
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram