Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Angor tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Axborot xizmati rahbari Gavhar Jumayevaning davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada oshirish, rasmiy ish yuritishda davlat tilidan foydalanish holati yuzasidan taqdim etgan hisoboti atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari hisobotda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish, tashkilotlarda ish yuritish madaniyatini yuksaltirish hamda aholiga sifatli axborot yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, hisobotni Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish ma’qullandi

Slide 1 of 2