35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati
#Kotibiyat_hududlarda


Qoryog‘di mahallasidagi infratuzilma va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan deputatlik nazorati doirasida Qoryog‘di mahallasida infratuzilma va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

📇 Mahallada 10 ta ko‘cha, 516 ta xonadon, 1 135 ta oila hamda 4 130 nafar fuqaro istiqomat qiladi. O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

💼 Ushbu o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Anvar Usmanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

‼️ Fuqarolar tomonidan Tor Yakdil hamda Proyezd Xondamir ko‘chalari kesishmasidagi 500 m.kv. hududni asfaltlashtirish zarurligi bildirildi. Mazkur masala joyiga chiqib o‘rganilib, yo‘lning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

📂 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va hududlarni kompleks obodonlashtirishga qaratilgan davlat dasturlari talablari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli ijro organlariga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 5