Новости

Последние новости

🛡 🔎 Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Shovot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Masharipov Oybek Alisherovichning tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.
👥 Mazkur hisobotni har tomonlama o‘rganish maqsadida Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati T.Yaqubov hamda ekspertlar guruhi a’zolari ishtirokida Uzunko‘l mahallasi profilaktika inspektorining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida:
🚔 jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🤝 mahalla "yettiligi" bilan hamkorlik holati;
📑 fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati;
⚖️ korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqiy profilaktika tadbirlarining samaradorligi tahlil qilindi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda olingan ma’lumotlardan navbatdagi sessiyada hisobotni xolis va atroflicha baholashda foydalanilishi belgilandi.

Slide 1 of 3