📖 O‘zbekiston Respublikasining **2007-yil 3-maydagi O‘RQ-97-son "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"**gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati G‘.Ollamov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan deputatning saylov okrugidagi Bo‘yrachi va Bog‘bon mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
👩⚕️ O‘rganishda Shovot tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son oilaviy poliklinika hamshiralari bilan birgalikda aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish, yodlangan osh tuzidan foydalanishning ahamiyati yuzasidan olib borilayotgan profilaktik va tushuntirish ishlari o‘rganildi.
🏠 Xonadonlarda yodlangan osh tuzidan foydalanish holati, aholining bu boradagi xabardorligi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan berilayotgan tavsiyalar tahlil qilindi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Aholi salomatligini mustahkamlash, yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hamda qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.