"Mahalla – aholi muammolariga eng yaqin bo‘lgan, ularni joyida hal etadigan muhim bo‘g‘indir. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda “Qunduz” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Eng muhimi, mahallada olib borilayotgan islohotlar har bir oilaning farovonligini oshirish, fuqarolarning muammolarini manzilli hal etish va hududni yanada obod qilishga xizmat qilmoqda. Biz deputatlar sifatida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki kuchli mahalla – barqaror taraqqiyot va xalq farovonligining eng mustahkam poydevoridir."
deya deputat Ismailov Xursand Baltabayevich o‘z munosabatini bildirdi.