🔰Sayyor qabulda aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa bir qator masalalar ko‘tarildi.
🔰Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
🔰Shuningdek, murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi.
🔰Fuqarolar o‘z murojaatlariga e’tibor qaratilayotganidan mamnunlik bildirib, bunday uchrashuvlar aholi va deputat o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.