Новости

Последние новости

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati faoliyati

📍 Royat mahallasida uchrashuv
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldasheva ishtirokida tumandagi “Royat” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📝 Uchrashuvning asosiy mavzusi:
🇺🇿 “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–474-son, 12.04.2018-y.) mazmun-mohiyatini o‘rganish va uning ijrosini ta’minlash.
💡 Jamoatchilik nazoratining maqsadi nima?
🔍 Davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
⚖️ Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🌐 Davlat tizimida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish.
🗣 Aholi bilan muloqot
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar, muammolar va takliflar tinglandi hamda tegishli tartibda o‘rganish uchun qayd etib olindi.

Slide 1 of 2