🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
O.Yo‘ldoshova tomonidan Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari M.Qurbanovga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 MUAMMO:
Mevazor mahallasi “Oltin Kumush” ko‘chasi bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgan.
🚑 Mazkur ko‘chada 7-son oilaviy poliklinika joylashgan bo‘lib, yo‘ldan har kuni:
• bemorlar
• homilador ayollar
• yoshi ulug‘ fuqarolar
• yosh bolali oilalar foydalanmoqda.
⚠️ Yo‘lning nosozligi fuqarolar uchun jiddiy noqulaylik va xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarmoqda.
✅ Deputat tomonidan:
“Oltin Kumush” ko‘chasini qisqa muddatlarda ta’mirlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
📄 Qonunchilikka muvofiq, mazkur deputat so‘roviga 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi lozim.