35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Burxonov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Burxonov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatining 2026-yil 21-maydagi №47-ds-377-26-sonli deputatlik so‘roviga asosan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning o‘tgan 5 oyi davomida qurilish uchun ajratilgan yer maydonlari bo‘yicha sanitariya xulosasi olish yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan. Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan yer-elektron ijro tizimi bo‘yicha ham murojaatlar qayd etilmagan.

Hisobot davrida qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilgan 12 ta obyekt bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochish bo‘yicha kelib tushgan 123 ta murojaatdan 118 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 5 tasi sanitariya qoida va me’yorlari talablariga javob bermaganligi sababli rad etilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 19 ta murojaatning 15 tasi o‘rganilib, ijrosi ta’minlangan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan joriy sanitariya nazorati doirasida 1366 ta obyekt ustidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1