Новости

Последние новости

янв.21
🌿 O‘simliklarni himoya qilish sohasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
📢 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish
янв.21
📄 Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
Deputat soʻrovi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha 11 ta hududiy dastur ijrosi nazoratga olindi
янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏗 SHOVOTDA TA’LIM INFRASTRUKTURASINI YANGILASH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
MAHALLADA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 MAHALLADA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev tomonidan Yangichek
mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy sohada
amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish maqsadida o‘rganish
ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati
atroflicha tahlil qilinib, aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar
murojaatlarini qabul qilish va ularni ijobiy hal etish borasidagi ishlar
holati, shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy
yordam ko‘rsatish tizimidagi ishtiroki o‘rganildi. 

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, kam ta’minlangan oilalarning
muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar manzilli o‘rganildi. 

O‘rganish yakunida deputat tomonidan aholi murojaatlariga tezkor va samarali yondashish,
ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha ijtimoiy xodimga tegishli
taklif va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 1