Новости

Последние новости

янв.21
🚶‍♂️📢 Deputat tomonidan joyiga chiqib murojaat o‘rganildi
янв.21
🍽 37-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🍽 Doimiy komissiya tomonidan maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
🏗 SHOVOTDA TA’LIM INFRASTRUKTURASINI YANGILASH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA TA’LIM SIFATI VA QONUN IJROSI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM MUHITI O‘RGANILDI
янв.21
📍 Katqal’a mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI 📢
🏗 SHOVOTDA TA’LIM INFRASTRUKTURASINI YANGILASH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

📍 Qirg‘oqbo‘yi mahallasidagi 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–223-son Farmoni hamda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-18-143-12-177-K/25-sonli qarori asosida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va aholi uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida:
🏫 340 o‘rinli qo'shimcha bino
⚽️   Mini futbol maydonchasi
🏗 Sport zal barpo etilishi rejalashtirilgan.
💰 Loyihaning umumiy qiymati — 7 milliard 576 million so‘m.
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda deputat A. Kalandarov tomonidan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 Monitoring davomida:
✅ qurilish sifati,
✅ loyiha hujjatlariga muvofiqlik,
✅ belgilangan muddatlarga rioya etilishi,
✅ obyektning zamonaviy standartlar asosida barpo etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Ushbu loyiha yakunlangach, hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi hamda ta’lim sifati yangi bosqichga olib chiqiladi.