Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
DEPUTAT O`RGANISHIDAGI MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga Zafar shaharchasi Toshkent ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda kotibiyat mudiri, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Q.Bobojonov ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar va mahalliy aholi fikrlari tinglandi. Toshkent ko‘chasida o‘rnatilgan “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi joylashuvi bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilinib, aholi e’tirozlari asoslab berildi.

Natijada deputat murojaati ijobiy hal etilib, yo‘l belgisi boshqa joyga ko‘chirildi.

Deputat nazorati — aholi va tadbirkorlar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi.

Slide 1 of 3