Новости

Последние новости

🌊 SUV LIMITLARI TASDIQLANDI 🌱

2026-yilda Shovot tumani bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv limitlari tasdiqlandi. Qarorga muvofiq suv resurslaridan samarali foydalanish, iste’molchilarga belgilangan limitlar asosida suv yetkazib berish, suv hisobini yuritish hamda monitoring va nazorat tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi. Shuningdek, jarayonlarni raqamlashtirish va tizimli hisobot yuritish nazarda tutilgan.

📄 Manba:

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 28-apreldagi VII-24-50-12-177-K/26-sonli qarori “2026-yil uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida”