Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz tuman Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz tuman Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman komissiyasi raisi Soatmurod Nazarov boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Asosiy muhokamalar:

Yig‘ilishda tuman Termiz tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tanqidiy tahlil:

Tahlillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsion holatlar ko‘payganligi keskin tanqid qilindi. Mutasaddilarga ushbu yo‘nalishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi.

Natija:

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Har bir soha rahbari o‘z tizimidagi shaffoflik uchun shaxsan mas’ul ekanligi ta’kidlanib, ijro nazoratga olindi.

Slide 1 of 10