Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Visol ko‘chasida infratuzilmani rivojlantirish loyihasi

               O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ–62-sonli qaroriga asosan tuman hududidagi Yangichek MFY Vissol ko‘chasida 25 ta savdo va servis shoxobchasini tashkil etish orqali xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish belgilab berilgan. Mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tuman Kengashi raisi Sh. Xaytahhunov, kotibiyat mudiri I. Jo‘raev, “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi E. Qurbonov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A. Axmedov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hududda zamonaviy arxitektura talablariga javob bermaydigan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, shuningdek, yangi zamonaviy bino va inshootlar qurish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, hududdagi tadbirkorlar, aholi vakillari va quruvchilar bilan mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda bunyodkorlik ishlari insonlarning zamon bilan hamnafas, farovon va baxtli hayot kechirishiga xizmat qilayotgani yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Davra suhbatida ishtirok etganlar yurtimizda, xususan tumanimizda amalga oshirilayotgan xalqchil siyosat va bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ushbu sa’y-harakatlar hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish
o‘rinlarini yaratish hamda aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
 

   

Slide 1 of 7