Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 4-8-may kunlari hududlarda quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
янв.21
📌 Haftalik dayjest Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 27-aprel – 1-may kunlari hududlarda amalga oshirilgan tadbirlar
янв.21
📍 Shovot tumanida ekologik nazorat kuchaymoqda!
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: ICHIMLIK SUVI ISROFIGA YO‘L QO‘YILMAYDI!
янв.21
📢 Maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
🏫 Ta’lim sifati va intizom – deputatlar qat’iy nazoratida
янв.21
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!
янв.21
TA’LIM VA VATANPARVARLIK TARBIYASI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ TOZALIK — MUHIM MASALA!
янв.21
👩‍💼 Deputat tashabbusi
Korrupsiyaga qarshi kurashish Uzun tumani Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Uzun tumani Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman Kengashi raisi Safarova Dilorom Shaydilovna olib borgan yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman Kengashi a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

▫️Mazkur yig‘ilishda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman soliq Inspeksiyasi boshlig'i o‘rinbosari Mingqulov Sulton Boyto'rayevichning hisoboti eshitildi. Shuningdek, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xudayarov Ikrom Abdukarimovichning hisobotlari muhokama qilindi.

▫️Majlisda sohalarda korrupsion holatlar ko'payganligi qayd etildi. Yig'ilish so'nggida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan soha vakillariga chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat'iy nazoratga olish vazifalari berildi.

Slide 1 of 1